
Alkogol va tamaki bozori qat’iy nazoratda: yashirin aylanma keskin qisqardi
Bahodir Jahongirovich Sheraliyev, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi boshlig‘i, sohada olib borilayotgan tizimli islohotlar, nazorat mexanizmlari va erishilayotgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
⚡️Unga ko‘ra, bugungi kunda sohada 17 585 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Yashirin iqtisodiy harakatlarga qarshi kurash doirasida 1 655 ta tezkor tadbir o‘tkazilib, umumiy qiymati qariyb 98 mlrd so‘mlik noqonuniy mahsulotlar muomaladan chiqarilgan. Natijada noqonuniy tamaki aylanmasi 19,4 foizdan 7 foizgacha qisqartirilgan.
⚡️Qayd etilishicha, sohada raqamlashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan bo‘lib, “ISAT” axborot tizimi orqali korxonalar faoliyati real vaqt rejimida nazorat qilinmoqda. Shuningdek, joriy yil davomida davlat budjetiga 1,25 trln so‘m aksiz soliqlari tushumi ta’minlangan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda.
















